Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga

08.06.2020, 20:56 Yangiliklar 4798

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, atoqli adib, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad tavalludining 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab, universitetning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi mudiri, tarjimon Xayrulla Hamidov tomonidan adibning o‘nlab mashhur hikoyalari turk tiliga o‘girilib, Özbek Edebiyati’nin Seçme Eserleri. Said Ahmed. Hikâyeler” (“O‘zbek adabiyotining sara asarlari. Said Ahmad. Hikoyalar”) nomi ostida, TDSHU rektori G.Rixsiyevaning ushbu tarjima kitobiga yozgan so‘zboshisi bilan turk tilida nashr etildi.

Universitetda ustoz-shogird an’anasi asosida amalga oshirilayotgan ijodiy ishlar doirasida X.Hamidovning shogirdlarining ham tarjimalariga o‘rin berilgan kitobdan buyuk hajv va jiddiy so‘z ustasi Said Ahmadning “Elim”, “Sa g‘ana”, “Bir o‘pichning bahosi”, “Xomtalash”, “Xanka bilan Tanka”, “Bir yuz yetmish so‘mlik xurrak”, “Mening do‘stim Babbaev!”, “Iqror”, “Xotinboz chumchuq” singari hajviy hikoyalari bilan bir qatorda “O‘n sakkiz yoshing”, “Sud”, “Qorako‘z Majnun” kabi jiddiy hikoyalari tarjimasi o‘rin olgan.
O‘ylaymizki, ushbu kitob Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ijodiy jamoasining buyuk adib tavalludining 100 yilligiga kamtarona tuhfa bo‘ladi.

photo_2020-06-08_20-41-15

    WordPress Lab WP Simple Pay Pro WP Smart Recruit – Jobs Plugin for WordPress WP Soundify | WordPress Audio Plugin WP Staging Pro WP Story Premium – Instagram Style Stories For WordPress WP Ultimo Email Verification Step WP User Frontend Pro – Business WP WooCommerce Product Table WPAMS - Apartment Management System for wordpress WPBakery Mega Pack – Addons and Templates