Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan bayramona ma’rifiy-musiqiy tadbir ötkazildi

18.11.2026, 17:20 Yangiliklar 148

Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan kötarinki ruhdagi ma’rifiy-musiqiy bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor Saodat Nasirova kiriş sözi bilan oçib berdi. Rektor öz nutqida Davlat bayroği xalqimizning şon-şarafi, tarixiy xotirasi va kelajakka bölgan işonçi ramzi ekanini ta’kidlab, barça professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlarni uşbu qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor öz nutqida kuni keça nişonlangan xalqaro talabalar kuni bilan ham yoşlarni tabriklab, jonajon Özbekiston ravnaqi yölida xizmat qiliş faxr, davlat bayroğini uluğlaş vatanparvarlik belgisi ekanligini ta’kidladi.

Bayram dasturi davomida Vatanimiz mustaqilligi, davlat ramzlariga bölgan yuksak hurmat, milliy ğurur va iftixor hamda yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaşga qaratilgan şe’rlar öqildi, ma’rifiy çiqişlar namoyiş etildi.

Şuningdek, tadbirning badiiy qismida elimiz suygan taniqli san’atkorlar — Mirjalol Nematov, Farruh Fazel, “Via Marokand” guruhi hamda Uluğbek Yulçiyev özlarining dilrabo kuy-qöşiqlari bilan iştirok etib, yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdilar.
Kötarinki ruhda ötgan uşbu ma’rifiy-musiqiy keça talaba-yoşlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.