O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi doirasida TDSHU va nufuzli universitetlar bilan hamkorlik bitimi imzolandi
TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva 2026-yil 21–23-may kunlari Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusidagi O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumida ishtirok etmoqda.



Forum doirasida quyidagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik hujjatlari imzolandi:
1. Ege universiteti. “Turizm” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik bitimi imzolandi.
2. Rajep Tayyip Erdog‘an universiteti. Akademik almashinuv va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi. Bitim doirasida qo‘shma ilmiy loyihalar, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, tajriba almashish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
3. Anqara Yildirim Bayazid universiteti. Ushbu universitet bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.


