Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisining institutimizga tashrifi

20.06.2019, 20:33 Yangiliklar 1833

Institut talaba-yoshlari ma’naviyatini yanada yuksaltirish xamda O‘zbekistonda “Yoshlar kuni” tashkil etilganligi munosabati bilan institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan yana biri “O‘zbekiston yoshlari xorijda” mavzusida bo‘lib, unda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Alimbaev Murodilla ishtirok etdi. Uchrashuvni ochar ekan, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shabanov J. barchani “Yoshlar kuni” bilan qutlab, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganligi, xususan, Davlat raxbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus yoshlarni to‘liq kamolga etishishlarida o‘ta muhim axamiyat kasb etishi va mazkur uchrashuv talaba-yoshlarimizning ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xam omil bo‘lishini ta’kidlab, so‘zni mehmonga berdi.

46

Assotsiatsiya raisi o‘z chiqishida tashkilotning maqsad va vazifalari, xozirgi kungacha amalga oshirgan ishlar, vatandoshlar bilan uchrashuvlar va tashkil etilgan anjumanlar xamda yil oxirigacha bajarilishi lozim bo‘lgan rejalar xaqida batafsil so‘zlab berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.