Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Prezident maktubining mazmun-mohiyati talabalar bilan muhokama qilindi

24.11.2026, 17:38 Yangiliklar 39

Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining Taşqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti talabalari bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 23-noyabr kuni nabirasiga yöllagan maktubining mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy suhbat taşkil etildi.

Suhbat davomida institut direktori, siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) U.B. Bituraev mazkur maktubda ilgari surilgan ğoyalar, hayotiy ögitlar hamda ularning yoş avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, maktubda öz ifodasini topgan Vatanga sadoqat, xalq va jamiyat oldidagi mas’uliyat, ilm-ma’rifatga intiliş, milliy özlikni anglaş, ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosiga munosib voris böliş, vaqtni qadrlaş hamda yuksak insoniy fazilatlarni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, xorijiy tillarni puxta özlaştiriş, muntazam ravişda bilim va könikmalarni oşirib boriş, hayotiy qiyinçiliklarni sabr-toqat va qat’iyat bilan yengib ötişning ahamiyati haqida söz yuritildi.

Maktubda bayon etilgan fikrlarning nafaqat oilaviy tarbiya, balki yoşlarning ma’naviy va intellektual kamoloti, fuqarolik mas’uliyati hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati bilan boğliq jihatlari talabalarga tuşuntirildi.

Suhbat yoşlarning ta’lim olişga bölgan mas’uliyatini oşiriş, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik va mustaqil fikrlaş fazilatlarini rivojlantiriş hamda egallayotgan bilimlarini mamlakat taraqqiyoti yölida samarali qöllaşga yönaltirişga qaratildi.