Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Prezident stipendiantlari

12.03.2022, 10:28 E'lonlar 1540

Tayanch doktorantlar orasidan Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi

 

Xabar berganimizdek , bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tayanch doktorantlar (PhD) uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining saralash va yakuniy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda tuzilgan maxsus tanlov komissiyasi 6 ta mezon asosida tanlov g‘oliblarini aniqlab berdi.

Yakuniy bosqich natijariga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yili uchun 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 10 nafar tayanch doktorant O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi deb topildi.

Stipendiatlar bilan quyidagi havola orqali tanishing.