Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Qo‘shma ta’lim dasturining kirish imtihoni haqida

21.09.2020, 09:35 Yangiliklar 2545

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Sangmyong universiteti bilan hamkorlikdagi bakalavriat qo‘shma ta’lim dasturining kirish imtihoni
2020-yil 25-sentabr soat 10.00 da karantin talablariga to‘liq rioya qilingan tartibda va shaxsiy gigiyena vositalari bilan himoyalangan
o‘tkaziladi.

Eslatma: Abiturienlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini olib kelishlari shart:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat – pasport
2. O‘rta maktab, litsey yoki kollejni tugatganligi haqidagi hujjat(attestat yoki diplom)
3. Agar bo‘lsa koreys tilini bilish haqidagi sertifikat

Avval e’lon qilinganidek, abituriyentlar faqat koreys tilidan 100 ballik tizim asosida 50 ta test bo‘yicha kirish imtihoni topshiradilar.

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 25. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti asosiy binosi.