Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«Rektor va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi

28.10.2025, 12:31 Yangiliklar 966

2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda: “Sizlarning iste’dodingiz, bilimingiz – universitetning kuchi” degan tamoyil asosida, talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari, xalqaro loyihalarda ishtiroki, startap g’oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlanishi, yosh tadqiqotchilar uchun grantlar, tashqi hamkorlik va stajirovkalar imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha rektor Gulchehra Rixsiyeva o’z tavsiyalarini berdi. Rektor tomonidan ilgari surilgan bu kabi tashabbuslar talabalarning akademik va ijtimoiy hayotini yanada boyitishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatli.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, mavjud muammo kamchiliklarni hal etish va sifatli ta’lim muhitini yaratish bo’yicha mas’ullarga kerakli tavsiyalar berildi.

Bu kabi uchrashuvlar universitet rahbariyati va talabalar o’rtasidagi aloqalarni yaqinlashtirish, ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

    WordPress Lab EagleElite – Sports Club WordPress Theme Earls – Restaurant WordPress Theme Earna – Business Consulting WordPress Eastend – Immigration Visa Consulting WordPress Theme Easto – Single Property Theme Easy 360° Product Viewer WordPress & WooCommerce Plugin Easy Digital Downloads – Currency Converter Easy Digital Downloads Frontend Submissions Easy Digital Downloads PDF Invoices Easy Digital Downloads – PDF Vouchers