Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rossiyaning eng nufuzli universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

14.06.2022, 16:17 Yangiliklar 1570

Bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektor G.Rixsiyeva rahbarligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib “Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universiteti bilan ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashuv va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzoladi.

“Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universiteti bugungi kunda dunyo universitetlari xalqaro reytingida 28-o‘rinni va Rossiya oliy ta’lim muassasalarining reytingida 4- va fanlar bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi. E’tiborga loyiq tomoni shundaki, bugungi kunda ushbu universitet bitiruvchilari Rossiya hukumatining qator mas’ul lavozimlarija xizmat qilmoqda.
“Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universiteti tashkil etilganing 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan forum doirasida mazkur hujjatni imzolash marosimi o‘tkazildi.
“Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universiteti rektori Nikita Anisimov bugungi kunda TDShU sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlovchi Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi ekanligini e’tirof qilib, bu borada yaqindan hamkorlik qilinishi o‘zaro manfaatli bo‘ladi.
N.Anisimov O‘zbekistonning bu boradagi ijobiy tajribasi asosida “Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universitetining Sankt-Peterburgdagi filialida sharqshunoslik bo‘yicha alohida institut tashkil etilganini ta’kidladi.

photo_2022-06-14_16-16-38

TDShU rektori G.Rixsiyeva O‘zbekiston va Rossiya sharqshunoslik maktablari azaldan o‘zaro hamkorlik asosida rivojlanib kelganini qayd etib, bu soxa mutaxassislari sharq tilini bilish bilan birga mintaqa davlatlari tarixi, urf-odatlari, an’analari, falsafasi hamda ichki va tashqi siyosati, iqtisodi bo‘yicha kompleks bilimlarga ega ekanligi bois ularga mehnat bozorida doimo katta ehtiyoj mavjudligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, “Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I.V.Prostakov ayni paytda almashuv dasturi doirasida ko‘plab rossiyalik talabalar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, TDShUda tahsil olish va stajirovka o‘tashga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilib, bu yo‘nalishda istiqbolda o‘zaro onlayn ta’lim dasturlarini ham yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Shuningdek, I.Prostakov “Iqtisod oliy maktabi” tadqiqot universitetining Sankt-Peterburgdagi filialida tashkil etilgan sharqshunoslik bo‘yicha institutning faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston tomonining bu boradagi ijobiy tajribasiga tayanishni rejalashtirayotganliklarini va buning uchun ilmiy-uslubiy hamkorlikni kengaytirish zaruriyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.