Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Sanduvoch” va “ Dutorchilar” ansambli hisobot konserti

01.05.2026, 16:25 Yangiliklar 414

2026-yil 1-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetning “Sanduvoch” va “Dutorchilar” ansambllarining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur madaniy tadbir universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda san’at ixlosmandlarini milliy musiqa va an’anaviy ijro san’ati bilan yana bir bor yaqindan tanishtirdi. Konsert davomida ansambl a’zolari tomonidan o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari, dutor va boshqa xalq cholg‘ularida ijro etilgan musiqiy chiqishlar tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi sahna ko‘rinishlari tadbirga joziba berdi. “Sanduvoch” hamda “Dutorchilar” ansambllari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar milliy madaniyatimizning boy va betakror merosini namoyon etdi.