Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Saodatga yetaklovchi boqiy meros” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

09.02.2019, 16:14 Yangiliklar 2069

Buyuk shoir, g‘azal mulkining sultoni, mutaffakir olim, buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligini keng nishonlash maqsadida mamlakatimizning turli joylarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, ijodiy tanlovlar o‘tkazilmoqda. Shu kabi tadbirlardan biri 2019-yilning 9-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham o‘tkazildi.

“Saodatga yetaklovchi boqiy meros” mavzuidagi adabiy kechada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi. Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining “Navoiy va Bayqaro” nomli kitobining taqdimotida ham o‘tkazildi.

Adabiy kecha davomida  institut rektori prof.A.Mannonov,  O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali  so‘zga chiqib, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning adabiy  va ma’naviy me’rosi va bugungi kundagi ahamiyati, Navoiy me’rosini yanada chuqur o‘rganishning dolzarbligi va zaruriyati haqida fikr yuritdilar. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Navoiy va Bayqaro” asarining yaratilishi haqida ma’ruza qilib, Navoiy ijodidan na’munalar aytib berdi.

Tadbir davomida institutning “Sarafroz” badiiy to‘garagi a’zolari tomonidan shoir qalamiga mansub go‘zal g‘azallar ijro etildi, shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Adabiy kechaga O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.

Adabiy kecha yakunida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolik, devoriy gazeta va rasm tanlovi g‘oliblari hamda tadbirni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  • photo_2019-02-09_17-28-34photo_2019-02-09_17-28-26photo_2019-02-09_17-28-21photo_2019-02-09_17-28-30photo_2019-02-09_17-28-48photo_2019-02-09_17-28-45photo_2019-02-09_17-28-12photo_2019-02-09_17-28-05photo_2019-02-09_17-28-37photo_2019-02-09_17-28-55