Sharqshunoslar “Boysun bahori”da
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ishchi guruhi tomonidan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur nufuzli madaniy tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida barcha tashkiliy va amaliy ishlar puxta yo‘lga qo‘yilgan.
Xususan, “Boysun bahori” turistik majmuasi hududi milliy ruh va boy madaniy merosimizni o‘zida mujassam etgan bezaklar bilan yanada sayqal topgan. An’anaviy san’at namunalari, xalq amaliy bezaklari hamda folklor unsurlarining uyg‘unligi festival muhitiga o‘zgacha joziba bag‘ishlamoqda. Bu muhit nafaqat mahalliy aholi, balki xorijiy sayyohlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otishi, ularni milliy qadriyatlarimizning betakrorligi bilan hayratga solishi tabiiy.
Festival doirasida namoyon etiladigan boy madaniy dastur esa O‘zbekistonning rang-barang folklor merosini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyish etadi.

