Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Shoislom Shomuhamedov nomidagi Yosh Sharqshunoslarning II Forumi

15.05.2018, 00:37 Yangiliklar 3162

14-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida an’anaviy tazda o’tkazilib kelinayotgan Shoislom Shomuhamedov nomidagi Yosh Sharqshunoslarning II Forumi bo’lib o’tdi. Forumda institutimiz professor-o’qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, Shoislom Shomuhamedovning oila a’zolari hamda 70 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Anjumanda institutimiz talabalari bilan bir qatorda Toshkent moliya instituti hamda Xalqaro islom akademiyasining bakalavr bosqichi talabalari ham munosib qatnashishdi. Forumning yalpi majlisida institutning ilmiy ishlar bo’yicha prorektori G.Sh.Rixsieva, f.f.d., professor A.Quronbekov, institutning 2-bosqich magistranti B.Udaev so’zga chiqdilar hamda buyuk sharqshunos olim, alloma, sharq klassik adabiyotining yetuk tarjimoni, adabiyotshunos, buyuk murabbiy, yuksak insoniy fazilatlar egasi Shoislom Shomuhammedovning hayot yo’li va ilmiy merosi bo’yicha ma’ruza qildilar. So’ngra barcha talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha sho’balarga bo’lingan holda ilmiy ma’ruzalarini taqdim etdilar. Asosiysi shundaki, ishtirokchi tabalar o’z ilmiy ishlarining natijalarini professor-o’qituvchilarga taqdim etib, o’z salohiyatlarini yanada oshirish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Forum yakunida barcha yo’nalishlar bo’yicha eng yaxshi taqdimot egalari aniqlandi va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Forumda ishtirok etgan barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun maxsus sertifikatlar hamda Shoislom Shomuhamedov tomonidan tarjima qilingan Umar Hayyom ruboiylari kitobi bilan taqdirlandilar.

photo_2018-05-15_00-34-21 photo_2018-05-15_00-34-01 photo_2018-05-15_00-34-03 photo_2018-05-15_00-34-04 photo_2018-05-15_00-34-05 photo_2018-05-15_00-34-06 photo_2018-05-15_00-34-08 photo_2018-05-15_00-34-09 photo_2018-05-15_00-34-11 photo_2018-05-15_00-34-12 photo_2018-05-15_00-34-13 photo_2018-05-15_00-34-14 photo_2018-05-15_00-34-16 photo_2018-05-15_00-34-17 photo_2018-05-15_00-34-18 photo_2018-05-15_00-34-20

Maxmasobirova Nigora