Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“TalabaExpo-2025” kasb ko‘rgazmasi

2025-yil 23-may kuni Toshkent shahridagi “Zakovat” arenasida O‘zbekiston Milliy banki (“O‘zmilliybank” AJ) hamkorligida “TalabaExpo-2025” kasbiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – yoshlar bandligini oshirish, munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbus hisoblanadi.

Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Ko‘rgazma davomida talaba-yoshlar o‘z startap g‘oyalarini taqdim etish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon qilish hamda yetakchi ish beruvchilar bilan bevosita muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu jarayon ularning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bitiruvchilarning bandligini oshirish va ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘ldi.

“TalabaExpo-2025” nafaqat mehnat bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganish, balki yosh mutaxassislar va ish beruvchilar o‘rtasida barqaror hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

https://tsuos.uz/en/tdshu-vakillari-talabaexpo-2025-kasb-korgazmasida-ishtirok-etdi/

17.06.2026, 11:56 52