Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Talabalar murojaati bo‘yicha rektor qabuli bo‘lib o‘tdi

12.11.2026, 15:56 Yangiliklar 29

2026-yil 12-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida rektor, professor Saodat Nasirovaning talaba-yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti va qabuli tashkil etildi. «Rektor va yoshlar muloqoti» tadbirlari har haftada muntazam o’tkazilib kelinmoqda.
Mazkur qabulda universitetning 70 dan ortiq faol va tashabbuskor talabalari o‘z taklif hamda murojaatlari bilan ishtirok etdi. Muloqot davomida talabalar tomonidan asosan quyidagi yo‘nalishlarda masalalar ko‘tarildi:

-O‘quv dasturidan tashqari qo‘shimcha xorijiy tillarni o‘rganish uchun sharoit yaratish;
-Ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni oshirish maqsadida xorijlik professor-o‘qituvchilarni biriktirish;
-Turizm sohasida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish;
-Nomdor davlat stipendiyalariga hujjat topshirish va tayyorgarlik ko‘rish masalasi;
-Til sertifikatlari imtihonini universtitetda tashkil etish;
-Kutubxonadan foydalanish va alohida gardiroblar tashkil etish va hkz.

Uchrashuv yakunida bildirilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tartibda ro‘yxatga olindi. Ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ul prorektorlar hamda bo‘lim boshliqlariga aniq vazifalar yuklatildi.