Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar uchun grant dasturi

24.08.2020, 11:15 Yangiliklar 1839

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston talabalariga 2020-2021-yilgi grant dasturi uchun tanlov (https://acdf.uz/uz/news/priem-zayavok-na-uchastie-v-grantovoy-programme) boshlanganligini e’lon qiladi.

Tanlov g‘oliblari bir o‘quv yili davomida o‘z universitetlarida o‘qish uchun grantni qo‘lga kiritadilar. Mazkur tanlovda bakalavr va magistratura darajasidagi talabalar qatnashishi mumkin.

Grant da’vogarligi uchun quyidagi ustuvor yo‘nalishlar:

  • Madaniyat va san’at sohasidagi menejment
  • Madaniyat ob’ektlarni tiklash va saqlash
  • Arxitektura
  • Madaniy turizm
  • Grafika dizayni
  • Tasviriy san’at
  • Muzeyshunoslik
  • Xoreografiya

Arizalar profil tavsifidagi havola orqali 10 sentyabrgacha qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot www.acdf.uz