Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar uchun yangi tanlov – “Big Idea Challenge”!

22.01.2019, 10:05 E'lonlar 2186

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Britaniya Kengashi va London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda “Big Idea Challenge” tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi talabalarning innovasion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish.

Tanlovda OTM talabalari ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘zlarining ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichidan tanlab olingan loyiha mualliflari ikkinchi bosqichida London Metropoliten universiteti ekspertlari bilan hamkorlikda joriy yilning 20-21 fevral kunlari o‘tkaziladigan treningda ishtirok etadi.

Onlayn ariza topshirishning oxirgi muddati: 2019 yil 1 fevral.

Batafsil: www.britishcouncil.uz