Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHI vakillari Toshkentda ICM yillik anjumanida ishtirok etdilar

05.12.2018, 18:33 Yangiliklar 2682

Erasmus + dasturining faoliyati O’zbekistonda yildan-yilga  ommalashib, kengayib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (OO’MTV), Oliy ta’lim islohotlari bo’yicha mutaxassislar (HERE) va Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda 2018-yilning 4-dekabr kuni “Erasmus + xalqaro kredit mobilligi: ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishdagi roli” mavzusida konferensiya o’tkazildi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston va Yevropa Ittifoqining oliy ta’lim muassasalari  o’rtasida ikki tomonlama mobillikni tashkil qilish va O’zbekiston oliy ta’limini xalqarolashtirishda “Boloniya tizimi” tamoyillarini ilgari surishdan iboratdir. Konferensiya Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi vakolatxonasining elchisi Eduard Stipraisning qutlov nutqi bilan ochildi. Konferensiya mahalliy va xorijiy taniqli professor-o’qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talabalarga kredit mobilligi mobaynida qo’lga kiritgan shaxsiy va professional tajribalari bo’yicha o’zaro fikr almshish imkoniyatini taqdim etdi.

Konferensiyada 21 OTM hamda xalqaro tashkilotlardan 60 nafardan ortiq  ishtirokchilar qatnashdilar. Ushbu anjumanda TDShI dotsenti Gulchehra Rixsieva va filologiya fanlari doktori, “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri Ulfat Muhibova ishtirok etishdi. Konferensiya davomida U.Muhibova Niderlandiyaning Leyden universitetida amalga oshirgan xalqaro mobillik dasturi haqida ma’ruza qildi.

Anjuman yakunida turli nominatsiyalar bo’yicha diplom va Erasmus + sovg’alari taqdim etildi. TDSHI “Janubiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri Ulfat Muhibova, “Oliy ta’limga natijalarning eng muvaffaqiyatli amalga oshirilishi” diplomi bilan taqdirlandi.

photo_2018-12-06_17-25-093ada3706c2d4149b7bec8c6a3d5634752adb809852