Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU da kutubxonachilar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi

21.05.2022, 14:27 Yangiliklar 1346

2022-yilning 21-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Axborot resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi PQ-4354 sonli qaroriga binoan e’lon qilingan “21-may – O‘zbekiston Respublikasi kutubxonachilari kuni” tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet rektori G.Rixsiyevа, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Vaxidov, Kasaba uyushmasi raisi Ch.Xusanov, fakultet dekanlari, ARM direktori M.Yuldasheva hamda markaz xodimlarining barchasi ishtirok etdilar. Universitet rektori G.Rixsiyevа kirish so‘zida barcha xodimlarni kasb bayrami bilan tabrikladi va bugungi taraqqiyot davrida universitet Axborot-resurs markazining o‘rni, ahamiyati, kutubxonachilik sohasiga davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, kutubxonachilarning mashaqqatli va sharafli faoliyati hamda ularning ta’lim sohasiga qo‘shayotgan hissalari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Tadbir davomida ARMda ko‘p yillardan beri samarali mehnat qilib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan bir qator kutubxonachilar, mehnat faxriylari universitet rektorining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar va ularni moddiy rahbatlantirish buyrug‘i o‘qib eshittirildi.

IMG_20220521_121107 IMG_20220521_121157

IMG_20220521_120422