Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU delegatsiyasi Janubiy-Sharqiy universitetning Xorijiy tillar institutida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

08.07.2026, 18:44 Yangiliklar 64

Xitoyning Janubiy-Sharqiy universitetida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Durbek Sayfullayev hamda “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti Qahramon Haqberdiyev universitetning Xorijiy tillar institutiga tashrif buyurib, institut direktori Chey Meyxua bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tarjimashunoslik va xorijiy tillar ta’limi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, sun’iy intellekt asosida til o‘qitish texnologiyalarini joriy etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro grantlar doirasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.