Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU dotsenti P.Kenjayeva Turkiya universitetlarida ilmiy-amaliy uchrashuvi

21.05.2022, 13:51 Yangiliklar 1206

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Turk filologiyasi” kafedrasi mudiri f.f.d., dots. P.Kenjayeva 2022 yilning 20 may kuni Istanbul universitetining “Zamonaviy turkiy tillar va adabiyoti” kafedrasi mudiri prof. M.O’lmez bilan uchrashib kafedraning o’quv va ilmiy ishlari haqida istiqbolli rejalar tuzdi. Shuningdek, yangi o’quv yilidan turk va uyg’ur tillaridan onlayn darslar tashkil etish ham kelishib olindi. Adabiyot fakulteti talabalariga “X.Do’stmuhammad va F.Edgu hikoyalarining qiyosiy tahlili” mavzusida turk tilida ma’ruza qilindi. Shu bilan birga Marmara universitetining “Turk tili va adabiyoti” kafedrasiga ham tashrif buyurdi va kafedra mudiri prof. G.S.Alishik bilan kafedraning ilmiy va o’quv ishlari bo’yicha hamkorlik aloqalari masalalari bo’yicha suhbat qildi. Fan va adabiyot fakultetining talabalariga “A.Qahhor va M.Sh.Esendal hikoyalarining uslubiy o’ziga xosligi” mavzusida turk tilida ma’ruza qildi.

photo_2022-05-21_13-45-56

photo_2022-05-21_13-48-12