Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU dotsenti Sh.Shamsiyeva XXRda stajirovka o‘tamoqda

22.11.2023, 17:06 471

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi dotsenti, PhD. Shohistaxon Shamsiyeva 2023-yilning 10-noyabridan 4-dekabrigacha Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining Xalqaro almashinuv va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Yosh sinologlar dasturi bo‘yicha Shandong universitetida stajirovka o‘tamoqda.

photo_2023-11-22_17-03-22

Mazkur dastur dunyoning turli davlatlaridan kelgan yosh sinolog tadqiqotchilar uchun xitoyshunoslikni targ‘ib qilishni qoʻllab-quvvatlash platformasini yaratish, ularning ilmiy tadqiqotlari uchun qulaylik yaratish va yordam koʻrsatish, Xitoyning taniqli akademiyalari, madaniy va taʼlim institutlari, tashkilotlari, guruhlari va olimlari bilan hamkorlik hamda almashinuvni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy tadqiqotlarining xalqaro miqyosdagi ahamiyatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilingan.