Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU Eronning Imom Rizo xalqaro universiteti bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

22.10.2026, 18:01 Yangiliklar 54

2026-yil 22-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Eron Islom Respublikasining Mashhad shahrida joylashgan nufuzli Imom Rizo nomidagi Xalqaro universitet delegatsiyasi rasmiy tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki tomonlama akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Uchrashuvda Eron tomonidan Imom Rizo xalqaro universiteti rektori, doktor Ibrohim Donishifar, xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor, doktor Ibrohim Dovudiy Sharifobod hamda Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi madaniyat markazi maslahatchisi Hasan Safarxoniy ishtirok etishdi. TDShU rektori, professor Saodatxon Nasirova bilan oʻtkazilgan sermahsul muzokaralarda taʼlim va ilmiy sohadagi hamkorlikning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari kelishib olindi:

-Professor-oʻqituvchilar va talabalarning ikki tomonlama malaka oshirish va qisqa taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.
– TDShUda uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan fors tili va adabiyoti yoʻnalishini zamonaviy oʻquv adabiyotlari hamda qoʻshma loyihalar bilan boyitish.
– Ikki oliy taʼlim muassasasi hamkorligida yangi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

– Ikki xalqning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini oʻrganishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish.
Eron elchixonasi madaniyat ishlari maslahatchisi Hasan Safarxoniy ushbu hamkorlik nafaqat, ikki universitet, balki Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi. Uchrashuv yakunida TDShU hamda Imom Rizo xalqaro universiteti oʻrtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.