Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU jamoasiga xalqaro mukofot topshirildi

30.09.2020, 09:23 Yangiliklar 1959

O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari keyingi yillarda tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ikki do‘st mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojida Bangladeshning O‘zbekistondagi elchisi sifatida uzoq muddat faoliyat yuritgan Ma’sud Mannon janoblarining alohida xizmatlari bor.
Kuni kecha Ma’sud Mannon janoblarining elchilik muddatlari tugayotgani hamda Bengal xalqining yo‘lboshchisi, ozodlik kuychisi Shayx Mujibir Rahmonning 100 yilligiga bag‘ishlab kecha o‘tkazildi.
Mujibir Rahmon bugungi Bangladesh davlatining muctaqillikka erishishida favqulotda rol o‘ynagan shaxs hisoblanadi. Shuningdek, bengal tilining saqlanib qolishida, davlat tili bo‘lishida jonbozlik ko‘rsatgan arbob hamdir.
Tadbir davomida Janubiy Osiyo tillari, xususan, bengal tilini o‘rganuvchi va ushbu yo‘nalish bo‘yicha qiyosiy tadqiqotlar olib boradigan yagona universitet sifatida TDSHUga ayricha hurmat bildirib, olimlarimizga minnatdorchilik izhor qilindi. Umrini ilm-fanga, sharqshunoslikka bag‘ishlagan professor Ozod Shamatov xizmatlari eslanib, u kishi haqida juda iliq fikrlar aytildi.
Tadbirning eng muhim voqeasi Shayx Mujibir Rahmon nomidagi xalqaro mukofotni mamlakatimizda birinchi bo‘lib Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jamoasiga topshirilgani bo‘ldi.
Shuningdek, universitetimiz kutubxonasi uchun Shayx Mujibir Rahmon hayot yo‘li va faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitob ham sovg‘a qilindi.
Ushbu yuksak e’tirof va mukofot 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida universitetimiz jamoasi uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
Universitetning barcha professor-o‘qituvchilari va a’zolariga mukofot muborak bo‘lsin.
Jamoamizga mukofotlar yarashadi.
Buning singari mukofotlar ustozlarimizning ta’lim va tarbiya berish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatlarida kuch bag‘ishlaydi deb, ishonamiz.

photo_2020-09-30_08-27-08