Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU kafedra mudiriga XXR Changji universiteti Mehmon professori unvoni berildi

18.01.2024, 12:47 Yangiliklar 423

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi mudiri, PhD. Nargiza Ismatullayeva Xitoydagi Changji universiteti mehmon professori (Visiting professor) etib tayinlandi.

photo_2024-01-17_20-44-11

Nargiza Ismatullayevaga mehmon professorlik diplomini topshirish marosimida Changji universiteti rektori professor Ji Feng bugungi kunda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini e’tirof etib, bunda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti pedagog kadrlarining xitoyshunoslikni rivojlantirishdagi sa’y-harakatlari muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

photo_2024-01-18_15-33-18