Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida: yangi hamkorlik memorandumlari imzolandi

28.10.2026, 13:43 Yangiliklar 55

2026-yil 28-oktabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Saodat Nosirova boshchiligidagi universitet vakillari ham ishtirok etmoqda.

Forum ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda ilg‘or tajriba almashish uchun muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘sh davlat universiteti, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Tojikiston xalqaro xorijiy tillar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur memorandumlar ikki tomonlama akademik aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu kelishuvlar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, mintaqadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan sheriklikni mustahkamlash hamda ta’lim va ilm-fan sohasidagi integratsiya jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.