Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professor-o‘qituvchilari Hebei provinsiyasi Tarjimonlar uyushmasiga a’zo bo‘ldi

14.07.2026, 15:53 Yangiliklar 79

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi hamda Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabining bir guruh professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Hebei provinsiyasi Tarjimonlar uyushmasi (河北省翻译学会)ning shaxsiy a’zoligiga qabul qilindi. Mazkur a’zolik ularning tarjimashunoslik va xitoyshunoslik sohalaridagi ilmiy-pedagogik faoliyati hamda xalqaro akademik hamkorlikdagi xizmatlarining e’tirofi hisoblanadi. Ushbu a’zolik universitetning xalqaro ilmiy aloqalarini yanada mustahkamlash, tarjimashunoslik yo‘nalishida tajriba almashish va Xitoyning nufuzli ilmiy hamjamiyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.