Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professor-o‘qituvchilari INTI universitetida xalqaro trening kurslarini boshladi

14.04.2026, 12:54 Yangiliklar 276

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Malayziyadagi INTI Xalqaro universitetida 2 haftalik training kurslarini boshladi.

2026-yil 14-aprel sanasida ushbu kurslar doirasida “Uzbekistan Culture Day” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida INTI Xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari va ishtirokchilariga O‘zbekistonning boy madaniyati va milliy an’analari keng tanishtirildi.

Tadbir dasturidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin oldi:
Etnomadaniy turizm yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘zbek milliy taomlari va shirinliklari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Mehmonlar o‘zbek milliy musiqasi va raqslari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, o‘zbek milliy qo‘shiqlari TDSHU professori, Alisher Doniyorov tomonidan kuylandi.
Tadbir o‘zbek milliy musiqa va raqslari bilan yakunlandi.

Mazkur madaniy tadbir O‘zbekistonning boy merosi, milliy qadriyatlari va an’analarini xalqaro maydonda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

    WordPress Lab Tour Guide Builder for WordPress– Zero-Code Onboarding and Walkthroughs Tour Package – WordPress Travel/Tour Theme Tour Packer – Agency WordPress Theme Tourimo – Tour Booking WordPress Theme Tourog | Creative Agency WordPress Theme Touxt Multipurpose WooCommerce WordPress Theme Tower | Business WordPress Towngov – City Government WordPress Theme TownPress – Municipality & Town Government WordPress Theme Toyup – Kids Toys Store WooCommerce WordPress Theme