TDSHU professor-o‘qituvchilari Xitoyda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar
2026 yil 14-17 kunlar Xitoy Xalq Respublikasining Gansu provinsiyasida Shimoli-g‘arbiy millatlar universitetida Ipak yo‘li dostonchilik an’anasi va insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyatini barpo etish: ’Gesar’, ’Jangar’ va ’Manas’ tadqiqotlarining yangi davrdagi missiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi” kafedrasi professori N.A. Abdullayev “Geser dostonining mifologik xususiyatlari” va katta o‘qituvchisi Q. U. Imamnazarovlar “Geser dostonining tarixiy-madaniy manbalari va mifologik tuzilishi” mavzusidagi maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Shimoli-g‘arbiy millatlar universiteti bo‘lib o‘tgan“Ipak yo‘li dostonchilik an’anasi va insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyatini barpo etish: ’Gesar’, ’Jangar’ va ’Manas’ tadqiqotlarining yangi davrdagi missiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston xalqlarining dostonchilik an’analari, ularning tarixiy rivojlanish jarayoni, zamonaviylik bilan uyg‘unligi masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘rin olgan.

Xalqaro konferensiya ishrtirokchilari, davra suhbatlari va hamkorlik aloqalari, tajribalar almashish hamda istiqbolli rejalarni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat yaratib berdi.