TDSHU professori Turkiyaning nufuzli universitetlarida ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdi
Ayni paytda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Turkshunoslik oliy maktabi professori, filologiya fanlari doktori P. Kenjayeva Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universitetida malaka oshirmoqda.
Malaka oshirish davomida professor universitet kutubxona fondi bilan tanishdi, dars mashg‘ulotlarini kuzatdi, talabalarga ma’ruzalar o‘qidi hamda turk adabiyotiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalarda ishtirok etdi.
Shuningdek, Anqara universitetida “O‘zbek adabiyotida suv tanqisligi haqida yozilgan asarlar”, Istanbul universitetida “Abdulla Qahhor va Orhan Kamol hikoyalarining uslubiy xususiyatlari bo‘yicha qiyosiy tahlil”, Marmara universitetida esa “O‘zbekistonda turkologiya tadqiqotlari” mavzularida ma’ruzalar qildi.


