TDSHU professori xalqaro ilmiy loyihaga a’zo etib tasdiqlandi
TDSHU professori Rustam Sharipov dunyo reytingida TOP-1000 talikdan o‘rin olgan (555-o‘rin) Hindistonning Javoharlal Neru nomidagi universiteti bilan hamkorlikda 2026–2029-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihasi a’zosi etib tasdiqlandi.
Shuningdek, professor Rustam Sharipov SUZ.IN xalqaro ilmiy jurnalining tahrir hay’ati a’zoligiga ham qabul qilindi. Ushbu yutuq olimning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi faoliyati va ilmiy salohiyatining yana bir e’tirofi hisoblanadi.
