TDSHU rektori talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi
2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor S. Nasirova, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda Talabalar turar joyida va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, ijara xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda mavsumga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning kundalik hayoti, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
🟢Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda kuz-qish mavsumida ehtiyot choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.







