Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU talabalari Indoneziyada o’tkazilgan «Festival Handai Indonesia» xalqaro indonez tili musobaqasida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdi

21.08.2026, 18:37 Yangiliklar 75

TDSHUning 2-kurs indonez tili guruhi talabalari Adiljanova Sarvina va Abdumalikova Afro’za «Festival Handai Indonesia» xalqaro indonez tili musobaqasining final bosqichida ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko’ra Abdumalikova Afro’za musobaqaning «Berpantun» she’riy janri yo’nalishida «Terbaik I» faxrli 1-o’rinni egalladi. Shuningdek, Adiljanova Sarvina «Berpuisi» she’r/monolog yo’nalishida «Terbaik II» faxrli 2-o’rinni egalladi.

Ayni soatlarda Indoneziya Respublikasi Boshlang’ich va o’rta ta’lim vaziri Prof. Dr. Abdul Mu’ti janoblari ishtirokida g’oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Eslatib o’tamiz, Festival Handai Indonesia (FHI) – bu Indoneziya Respublikasi Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Tilni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash agentligi tomonidan indonez tilida so‘zlasha oladigan hamda Indoneziya sivilizatsiyasi, jamiyati va madaniyatini tushunadigan chet elliklar uchun o’tkaziladigan xalqaro nuzufli tanlov hisoblanadi.

Ushbu xalqaro musobaqada bu yil 79 ta davlatdan 542 ta ishtirokchi qatnashdi va yakunda 25 ta nomzod «Finalist» yo’llanmasiga ega bo’ldi.

Talabalarimizni ushbu natija bilan tabriklaymiz va ulkan zafarlar bardavom bo’lishini tilab qolamiz.