Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabalari mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida amaliyot o‘taydi

10.08.2023, 17:11 872

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 551-sonli qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan hamda tegishli talablarga mos kelgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari yoki xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarda tashkil etilishi belgilangan.

📝Nizomga ko‘ra, amaliyot OTM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi. Amaliyot bir o‘quv yilida bir marta 10 kundan kam bo‘lmagan va 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatlarda o‘tkaziladi.

📋Shunga asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Siyosatshunoslik hamda Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo’nalishlarida tahsil oluvchi 10 nafar talabalarimiz O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog’iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Turkiya va Avstriya davlatlaridagi elchixonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati talabalarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.

IMG_3199

IMG_3217