Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU THE Impakt reytingida

28.04.2022, 16:13 Yangiliklar 2249

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti jahondagi yirik xalqaro reytinglar, xususan, QS (Quacquarelli Symonds) va THE (The Times Higher Education) xalqaro reyting agentliklari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘ydi va ilk bor unirversitet bo‘yicha Times Higher Education Impact Ranking, Times Higher Education World university Ranking, QS World University Ranking yo‘nalishlarida qatnashish uchun ma’lumotlar taqdim qildi.
Times Higher Education Impact Ranking 2022 natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, TDSHU sifatli ta’limni yo‘lga qo‘yganligi bo‘yicha (SDG 4)_Quality Education 401-600 o‘rin, Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha (SDG 5)_Gender Equality 601–800 o‘rin, Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha (SDG 8)_Decent work and economic growth 401–600 o‘rin, Tengsizliklarni qisqartirish bo‘yicha (SDG 10)_Reduced Inequalities 601+ o‘rin, Tinchlik, adolat va samarali boshqaruvni amalga oshirish bo‘yicha (SDG 16)_Peace, Justice and Strong Institutions 401–600 o‘rin, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi hamkorlik bo‘yicha (SDG 17)_Partnership for the Goals 1001+ o‘rinlarni egalladi.

TSUOS 2022 edit uz