Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU Til taʼlimi va konsalting markazi tinglovchilari uchun sayyor dars tashkil etildi

07.05.2026, 15:26 Yangiliklar 316

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til taʼlimi va konsalting markazida Filologiya va tillarini oʻqitish (koreys, xitoy, yapon, hind, urdu, malay va indonez tillari) yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim tizimi kadrlarini malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun sayyor dars tashkil etildi.

Sayyor dars davomida tarix fanlari doktori Izzatillaxon Xaydarov boshchiligida Qatagʻon qurbonlari muzeyiga tashrif buyurildi. Qatag’on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusidagi sayyor dars qiziqarli va mazmunli ruhda oʻtdi.