Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU ustozlari shahar sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egalladilar

06.11.2026, 11:13 Yangiliklar 48

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari sport musobaqalarida ham o‘z mahorati, faolligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etib, munosib natijalarga erishdilar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramlariga bag‘ishlab, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh ezgu g‘oyasi ostida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi kubogi uchun sport musobaqalarining shahar bosqichi tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqalarida Toshkent shahar bo‘linmasi xizmat ko‘rsatadigan ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqalarning asosiy maqsadi ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning sport sohasidagi iqtidorini yuzaga chiqarishdan iborat bo‘ldi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli sport musobaqalarining shahar bosqichida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Jumladan, universitetning Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi dotsenti Aziz Xilyamovich Xudoyberdiyev stol tennisi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi mudiri, dotsent Rahima Riskulovna Alimova esa darts sport turi bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etib, faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘ldilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib e’tirof etilib, qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Universitetimiz vakillarining mazkur musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki oliy ta’lim muassasamizda nafaqat ilm-fan va ta’lim, balki jismoniy tarbiya, sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin ifodasidir.

Shuningdek, bunday sport tadbirlari professor-o‘qituvchilar va xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash, jamoaviy birdamlikni kuchaytirish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.