TDSHU va Boku Davlat Universiteti o‘rtasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori Shuxrat Mirziyаtov Boku Davlat Universitetiga tashrifi doirasida universitetning ijtimoiy масалалар bo‘yicha prorektori Alish Agamirzayev hamda moliya ishlari bo‘yicha prorektori Mirza Mirzayev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Boku Davlat Universitetida O‘zbek tili markazini tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, BDU Tarix fakulteti dekani Ibrohim Zeynalov, dekan o‘rinbosari Kamola Aytаn xonim hamda universitet Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Rauf Hasanov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Boku Davlat Universiteti o‘rtasida “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma (Double Degree) magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, amaliyotga joriy etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

