Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Firat universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

20.10.2026, 12:42 Yangiliklar 39

2026-yil 20-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Turkiya Respublikasining Firat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Uzluksiz ta’lim markazi direktori, professor İlyas Somunkıran, dotsent Mehmet Özeren, doktor-o‘qituvchi Semih Dikmen hamda o‘qituvchi Mustafa Beken o‘rin oldi.

Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va xorijiy oliy ta’lim muassasasida stajirovka o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar, forumlar va seminarlarni hamkorlikda tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zaro almashish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan boshqa istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Firat universiteti o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.