Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Hebei Xalqaro tadqiqotlar universiteti o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi

26.10.2026, 13:44 Yangiliklar 94

2026-yil 26-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Xitoyning Hebei Xalqaro tadqiqotlar universiteti (Hebei International Studies University) rahbariyati o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi. Muzokaralarda Hebei Xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori Wei Xi, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Wei Chen, universietning Iqtisodiyot va savdo instituti rahbari Go Chun hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi. TDSHU tomonidan muzokaralarni universitet rektori, professor S.A. Nasirova olib bordi.

Uchrashuvda rektor S.A. Nasirova universitetning xitoyshunoslik yo‘nalishidagi salohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda universitetda 1200 dan ortiq talaba-yoshlar xitoyshunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgani va har yili 300 ga yaqin yosh xitoyshunos mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida ta’kidlandi. Ikki tomonlama muzokaralarning asosiy e’tibori xalqaro iqtisodiy munosabatlar ta’lim yo’nalishida qo‘shma ta’lim dasturini rivojlantirishga qaratildi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, quyidagi muhim yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi:

– Iqtisodiyot va xalqaro savdo yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish. -Mazkur yo‘nalishda ikki universitet o‘rtasida «2+2» qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish va uni amaliyotga tatbiq etish. Ushbu hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish barobarida, xalqaro iqtisodiyot va savdo sohasida zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.