Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU vakillari ICESCO tashkilotining ilmiy konferensiyasida ishtirok etmoqdalar.

24.06.2026, 16:52 Yangiliklar 101

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, Al-Zamaxshariy ilmiy markazi rahbari Shuxrat Mirziyotov Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Boku mintaqaviy ofisi tomonidan xalqaro dastur yakuniy marosimida ishtirok etdi.

ICESCOning Boku mintaqaviy ofisi hamda Sulton bin Abdulaziz Al Saud jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Sulton bin Abdulaziz Al Saud xalqaro til dasturi – Markaziy Osiyo va Kavkazda arab tili” loyihasining yakuniy tadbiri hisoblanib, yakuniy marosim 2026-yil 22-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasining Boku shahridagi ICESCO mintaqaviy ofisida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida dastur natijalari sarhisobi, arab tilini o‘qitish va targ‘ib etish bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi hamda mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.