TDSHU vakillari O‘zbekiston–Xitoy ilmiy-ta’limiy hamkorligiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi
2026-yil 12-iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirishga bag’ishlangan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida xalqaro kadrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlari” nomli davra suhbati o’tkazildi.



Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda xitoyshunos xitoyshunos professor-o‘qituvchilar ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek, universitetning ilmiy xodimlari, magistrantlari va talabalari ham faol ishtirok etib, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy, ta’limiy hamda madaniy hamkorlikning istiqbollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamalarda qatnashdilar.




Davra suhbatida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuvni kengaytirish va sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlashning dolzarb masalalariga alohida urg’u berildi.

















