TDSHU vakillari «Qo‘lyozmashunoslik va raqamli gumanitar fanlar» bo‘yicha Xalqaro yozgi maktabda
Qozog‘iston Respublikasi Almati shahrida 4-10-iyun kunlari Yevrosiyo tadqiqotlari instituti tomonidan «Qo‘lyozmashunoslik va raqamli gumanitar fanlar» bo‘yicha Xalqaro yozgi maktab tashkil qilingan.
Xalqaro yozgi maktabda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Doktorantura bo‘limi boshlig‘i Laziz Toʻrayev hamda Universitet tayanch doktoranti Gulmira Kentayevalar ishtirok etmoqdalar.
Xalqaro yozgi maktabda AQSH, Turkiya, Qozog‘iston mamlakatlaridan yetakchi professor va mutaxassislar ishtirokida qo‘lyozmalarni o‘rganish, kataloglashtirish va ularni restavratsiya qilish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasi, «G’ylym Ordasy» muzeylari, qo’lyozmalari fondlariga tashriflar amalga oshirildi.







