Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Mehrobdan chayon” va “O‘tkan kunlar” romanlarining xitoy tiliga tarjimalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

08.04.2024, 14:58 Yangiliklar 259

10- aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi – Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Mehrobdan chayon” va “O‘tkan kunlar” romanlarining xitoy tiliga tarjimalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

17125687244621

A.Qodiriy tavalludining 130 yilligi arafasida – 8- aprel kuni TDSHU Axborot-resurs markazida mazkur kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.

17125687244622

Tadbirda TDSHU rektori professor Gulchehra Rixsiyeva, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Yuy Szyun rahbarligidagi elchixona vakillari, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriy, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari Hilola Nazirova hamda soha mutaxassislari va universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdilar.

_MG_67244

 

Romanlar tarjimasi o‘z sohasining yetuk mutaxassislari – Sichuan chet tillar universiteti professori, filologiya fanlari doktori Di Siyaosya hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfutsiy nomidagi O‘zbekiston-Xitoy instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Saodat Nosirova tomonidan amalga oshirilgan. Kitoblar Xitoy Xalq Respublikasining Ijtimoiy fanlar nashriyoti tomonidan katta tirajda nashr ettirildi.

17125687244623

Tadbirda tarjimaning dolzarbligi, ikki mamlakat do‘stona aloqalaridagi ahamiyati, tarjima jarayoni bilan bog‘liq murakkabliklar va bu kabi tarjima ishlarining muhimligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

_MG_67241

 

Mazkur tarjima ikki mamlakat, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilib, xitoylik kitobxonlarning o‘zbek adabiyoti orqali o‘zbek millati, uning boy tarixi, madaniyati bilan yanada yaqinroq tanishishiga imkon beradi.

_MG_67246

_MG_67247

_MG_67243

_MG_6721