TDSHUda “Amir Temur oyligi” doirasida tanlov g‘oliblari taqdirlandi
2026-yil 12-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Amir Temur oyligi” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan turli tanlovlar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida universitet rahbariyati tomonidan g‘olib va faol ishtirokchilarga diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida Amir Temur shaxsiyati, uning davlat boshqaruvi, ilm-fan va bunyodkorlikka qo‘shgan ulkan hissasi haqida alohida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida universitet jamoasi tomonidan Sohibqiron Amir Temur merosini chuqur o‘rganish, uni yosh avlod ongiga singdirish hamda buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish har bir yoshning sharafli burchi ekani ta’kidlandi.



















