Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasida “BRM 4- Ta’lim sifati ” Tsukuba universitetida talabalar almashinuvi va MEXT dasturlari haqida malumot berildi va muhokama qilindi.

26.11.2022, 10:43 Yangiliklar 820

25-noyabrda Yaponshunoslik fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasiga Tsukuba universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. 4 kishidan iborat delagatsiya a’zolari “Global tarmoqda Yaponiyada ta’lim” loyihasi ilmiy xodimi Ph.D Tatiana Yahiro, “Global tarmoqda Yaponiyada ta’lim” loyihasi doirasida universitet xalqaro ishlar administratori, Ph.D. Yuji Kajiyama , “Global tarmoqda Yaponiyada ta’lim” loyihasi doirasida hamdo‘stlik davlatlari mintaqasi bo‘yicha ma’sul xodim Noriko Jibiki va professor Ito bilan suhbatda Yapon fiologiyasi kafedrasi mudiri N. Xalmurzayeva , Yaponshunslik fakulteti dekan muovini M.Nadjimxadjaeyev, katta o‘qituchi N.Tursunovalar qatnashdilar.
Suhbatda ikki universitet o‘rtasida o‘zaro akademik hamkorlikni yanada kuchaytirish kerakligi ta’kidlandi. Tsukuba Universiteti delegatsiyasi Tsukuba universitetining ta’lim dasturlari bilan bizni talabalarimizni yaqindan tanishtirish maqsadida taqdimot o‘tkazdilar.