Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda EPAM taqdimoti

14.12.2021, 18:12 Yangiliklar 1787

Mutaxassislar jamoasiga qo’shilishni va haqiqatdan ham ajoyib loyihalar ustida ishlashni xohlaysizmi? TDSHUda bo‘lib o‘tadigan EPAM tadbiriga roʻyxatdan oʻting:

https://community-z.com/events/epam-x-tsuos

Dastur tartibi:

🔹 EPAM: Biz kimmiz?

🔹 Ilgari IT sohasida tajribaga ega boʻlmagan holda EPAM O‘zbekistonda qanday qilib karyerangizni boshlashingiz mumkin?

🔹 EPAM treningi: fanlar, ta’lim, muvaffaqqiyat hikoyalari

🔹 Interaktiv viktorinalar

🔹 Savol va javoblar

 

Qachon: 16-dekabr, 2021-yil, soat 14:00.

Manzil: Shaxrisabz k-si, 16, 4-qavat.

 

Kompaniya haqida ma’lumot

EPAM Systems Inc. 1993-yilda tashkil etilgan. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish xizmatlari va raqamli platformalar bo‘yicha dunyodagi yetakchi provayderlardan biri. “Forbes” jurnalining eng tez rivojlanayotgan 25 ta davlat texnologiya kompaniyalari reytingida 12-oʻrinni egalladi, “Fortune” jurnalining “Eng tez rivojlanayotgan 100 ta kompaniya” roʻyxatida IT-xizmat koʻrsatuvchi provayderlar uchun 1-oʻrinni egalladi. 2021-yil 3-chorak yakuni boʻyicha xodimlar soni 52 650+ kishini tashkil etdi. Kompaniyaning filiallari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida joylashgan.

EPAM Systems in Uzbekistan – 2019-yil fevral oyida Toshkentda IT-PARK rezidenti – rivojlanish markazi ochildi. Faoliyat IT xizmatlarini, asosan, Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlariga eksport qilishga qaratilgan. Kompaniya IT-xodimlarini tayyorlashda faol ishtirok etadi, JavaScript, Net, Java, DevOps, Funktsional va avtomatlashtirilgan testlar, Biznes tahlili kabi qator fanlar bo’yicha laboratoriya va kurslar ochilgan. 2021-yil dekabr holatiga ko‘ra, xodimlar soni 300 kishini tashkil etadi, 2022-yilda o‘sish rejalari – 600 dan ortiq xodimlar.

TDSHU Matbuot xizmati