Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda FIBAA xalqaro akkreditatsiya agentligi koordinatori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

05.06.2026, 18:11 Yangiliklar 132

TDSHUda Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti bo‘lgan Foundation for International Business Administration Accreditation (FIBAA) koordinatori Yuliia Bleshmudt ning tashrifi doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad universitetda xalqaro ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida baholash hamda FIBAA xalqaro akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida xalqaro akkreditatsiya agentligi universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va mas’ul xodimlar bilan uchrashib, akkreditatsiya jarayonining asosiy bosqichlari, hujjatlarni tayyorlash tartibi, taʻlim sifatini baholash mezonlari hamda xalqaro ekspertlar tashrifiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Shuningdek, ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablari va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, talabalar va bitiruvchilar ishtirokini kuchaytirish, ta’lim sifatini ichki baholash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida FIBAA koordinatori universitet infratuzilmasi, axborot-resurs markazi, auditoriyalar, zamonaviy ta’lim platformalari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Mazkur tashrif Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishi, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda universitetning xalqaro ta’lim makonidagi nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan bo‘ldi.

    WordPress Lab WooCommerce Product Builder - Custom PC Builder - Product Configurator WooCommerce Product Builder – Custom PC Builder – Product Configurator WooCommerce Product Bundles WooCommerce Product Catalog Mode & Enquiry Form WooCommerce Product Category Image Addon For Elementor WooCommerce Product Condition Plugin WooCommerce Product CSV Import Suite WooCommerce Product Dealers & Retailers WooCommerce Product Enquiry & WooCommerce Request A Quote Plugin WooCommerce Product Featured Video Content Plugin