TDSHUda grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 8-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o‘zbekistonlik taniqli grossmeyster, xalqaro miqyosdagi shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Nodirbek Yoqubboyev o‘zining shaxmatdagi faoliyati, xalqaro musobaqalardagi ishtiroki hamda erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritdi. Talabalar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda muvaffaqiyatga erishishda intizom, sabr, bilim va muntazam mehnatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Yoqubboyev 2019-yilda grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan. U shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2016, 2018 va 2020-yillardagi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida chempionlikni qo‘lga kiritgan hamda “O‘zbekiston iftixori” medali bilan taqdirlangan.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


































