TDSHUda huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
2026-yil 14-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Bezorilik hamda shaxsga tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Anvarjon Boltabev ishtirok etib, mazkur turdagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, talabalar bilan alohida profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning huquqiy ongini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.









